Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Har kuni dunyo bo‘ylab 140 nafar, har 10 daqiqada o‘rtacha 1 nafar ayol yoki qiz yaqin insoni qo‘lidan halok bo‘lmoqda. BMT Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida (25-noyabr) shu kabi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Toshkentda tashkil etilgan NeUyat ko‘rgazmasi 14-dekabrga qadar uzaytirildi. Uning kuchli jihati shundaki, ekspozitsiyada nafaqat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, balki uni qabul qilmaydigan insonlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz” muxbiri Viktoriya Abdurahimova. Foto.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar “102” telefon raqami orqali IIV navbatchilik qismi yoki profilaktika inspektorlariga, “112” yagona dispetcherlik xizmati va 1146 “ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin. 24 soat ichida himoya orderi rasmiylashtiriladi.
O‘tkirbek Xolmirzayev va Zayniddin Shamsidinov oilaviy zo‘ravonlikka doir 10 462 ish asosida o‘tkazgan tadqiqot O‘zbekistonda ayollar himoyasi uchun qabul qilingan qonun ularni jazolashga ham xizmat qilayotganini ko‘rsatdi. “Bu paradoks dunyoning hech bir huquqiy tizimi amaliyotida uchramagan”, deydi tadqiqotchilar.
Mahallalarda zo‘ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy yordam berilmayapti, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Buni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. “Inson” markazlari tomonidan tuman miqyosida yordam ko‘rsatiladi. Zo‘ravonlikka qarshi kurash ta’lim va mehnat munosabatlari sohalarida ham ko‘rib chiqiladi.
Toshkentda “tanishib, keyin turmush qurish” maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga teginib, qarshilik ko‘rsatganida, yuziga urdi. Jabrlanuvchi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun unga eng qattiq jazoni berishni so‘radi. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.
Chilonzor tumanida alabay egasining ko‘z o‘ngida ikki qiz sayr qildirayotgan boshqa itga hujum qildi, shundan so‘ng jonivorlar egalari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Alabayning egasi qizlarga tahdid qilib, ikkisini ham urdi.
25-noyabr — Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — ko‘hna va katta muammo. Millat og‘riqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki o‘z dolzarbligini yo‘qotmayotgan o‘zbek ma’rifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan bo‘lardi?
O‘zbekiston prezidenti yaqinda Farg‘onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga oldi. “Bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”, deya ta’kidlagan Mirziyoyev ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotganini qayd etdi.
Aprelda ayol hamkasblarini do‘pposlagan Uzun tumanidagi 31-maktabning erkak o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 1,5 yil muddatga qamaldi. Shuningdek, undan ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlar undirilgan.
Toshloq tumanida qiziga ota-onasi bilan maktabga kelishini talab qilgani uchun sinfxonada pedagogni haqoratlab, kaltaklagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayol qilmishi uchun uzr so‘ramagan va endilikda 6 mln so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).
Bir yil avval Toshkentda xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonliklar oldini olishga qaratilgan “Umidani chaqiring” loyihasi boshlangandi. Loyiha uchun yil qanday o‘tdi? Necha kishi “Umidani chaqirdi”? Endi nima bo‘ladi? “Gazeta.uz” loyiha tashabbuskori — BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan shu haqda suhbatlashdi.
Toshkent metropolitenida ayollarning zo‘ravonlikka qarshi yordam so‘rab qilgan murojaatlarini radioto‘lqinlar shaklida aks ettirgan banner va posterlar joylashtirildi. Ularning har birida QR-kod mavjud bo‘lib, u orqali yordam haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting